Hindistonning “AXIS Group Overseas Venture” tashkilotining Samarqanddagi vakolatxonasi boshlig‘i Rarinder Singh Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.
Tashrif davomida Rarinder Singh universitetning geografiya va ekologiya fakultetidagi “GIS” markazi bazasida ta'lim va tog'-kon sanoati integratsiyasini ta'minlashga yo'naltirilgan ilmiy laboratoriya tashkil qilish uchun invistetsiya ajratish rejalashtirilganligini ma'lum qildi. Mazkur laboratoriya faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mutasaddilar tayinlash masalalari muhokama qilindi.
Ushbu tashkilot va universitet o‘rtasida kelishuv shartnomasi imzolandi.



