Samarqand davlat universitetining Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar instituti hamda Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar sohasida tajriba almashish hamda istiqbolli ilmiy tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Hamkorlik doirasida sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish, kvant hisoblash va kvant algoritmlari, raqamli texnologiyalar va ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish kabi ustuvor yo‘nalishlarda faoliyat olib borish ko‘zda tutilgan.
Ushbu shartnoma ikki universitetning ilmiy salohiyatini birlashtirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va sun’iy intellekt hamda kvant texnologiyalari sohasida zamonaviy ilmiy ishlanmalarni yaratish uchun muhim imkoniyatlar ochadi.



