Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

Muloqotda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Agrobiotexnologiyalar, kompyuter texnologiyalari, sun’iy intellekt sohalarida ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Ilm-fan bo’yicha qo‘shma loyihalarni tayyorlashga kelishildi.

Tadbir so’ngida hamkorlik shartnomalari imzolandi.