Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Jomboy 1-son texnikumida targ‘ibot-tashviqot va ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi...
Ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish maqsadida Samarqand davlat universiteti Biokimyo institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan Jomboy tumanidagi Jomboy 1-son texnikumida targ‘ibot-tashviqot va ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, kelgusida qo‘shma ma’rifiy va ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan muayyan kelishuvga erishildi.



