UNIVERSITET REKTORI MAKTAB O‘QUVCHILARI BILAN SUHBATLASHDI
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov yangi o‘quv yili boshlanishida Samarqand shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Suhbat davomida professor Rustam Xolmurodov davlatimizning yoshlarga oid siyosati mohiyati va maqsadi, mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, bunday g‘amxo‘rlikka javoban O‘zbekiston yoshlari, xususan Samarqand davlat universiteti talabalari xalqaro miqyosda erishayotgan muvaffaqiyatlarga alohida to‘xtaldi.
Bilim olish va kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishish uchun mavjud sharoitlardan samarali foydalanish, Vatan taraqqiyotiga har bir kishi o‘z burchini bajarish orqali hissa qo‘shishi muhimligini ta’kidladi.









