Mehmonni SamDU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Akmal Axadov hamda Matbuot kotibiyati bo‘limi mudiri Farrux Hamroyev kutib oldi. Uchrashuv davomida universitetning ta’lim, ilmiy-tadqiqot va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif davomida Vladimir Bachishin universitetning Muhandislik fizikasi instituti, Biokimyo instituti hamda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot ishlari va ta’lim jarayonlari mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi.

Slovakiyalik jurnalist va iqtisodchi Samarqand davlat universitetida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy infratuzilma hamda ilmiy-ta’limiy salohiyatga yuqori baho berdi.