Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2026-yilgi bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davom etmoqda. Mazkur tadbirda Samarqand davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Umidullayev, o‘quv bo‘limi bosh mutaxassisi Samad Tolliboyev, universitet marketing va talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Murod Hojiyev, Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Mashhura Bekova hamda Kattaqo‘rg‘on shahridagi maktablarning 80 nafardan ortiq iqtidorli bitiruvchilari ishtirok etdi.

    Tadbirda Samarqand davlat universitetining Agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktorining o‘rinbosari To‘lqin Samadov, Biokimyo instituti direktori Siroj O‘roqov, Muhandislik fizikasi instituti direktori Ahmad Absanov, Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti direktori Shohruh Jo‘raqulov, yuridik fakulteti dekani Rahmatilla Mirzayev, tarix fakulteti dekani Ro‘ziqul Abriyev, matematika fakulteti dekani Ahmad Xolxo‘jayev, geografiya va ekologiya fakulteti dekani Aliqul Ravshanov, psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani Zarifa Mo‘minova universitetda olib borilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berdilar.

    “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri mobaynida Samarqand davlat universiteti haqida olingan ma’lumotlar kattaqo‘rg‘onlik o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ularda katta taassurot qoldirdi.