Bugun Samarqand davlat universiteti rus va chet el adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Shahnoza Eshniyozovaning tug‘ilgan kuni.

    Shahnoza Eshniyozova 1960-yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 64 yoshni qarshi olgan olima 41 yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat ko’rsatmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati