Mazkur anjuman Samarqand davlat universiteti, Аnqаrа universiteti, Anqara Yildirim Boyazid universitetlari va SamDU Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tashil etildi.

    Tadbirni SamDU filologiya fakulteti dekani, taniqli turkshunos olim, professor Jo’liboy Eltazarov kirish so’zi bilan ochdi.

    Anqara universiteti professori Mehmet Faruk Toprak - “Mumtoz arab she’riyatida turk hukumdor va beklari”, SamDU Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori, dotsent Rohila Ro’zmonova - “Turkiy adabiyotda janrlar tadqiqi masalasi”, Anqara Yildirim Boyazid universiteti professori Funda Toprak - “Alisher Navoiy asarlarida turkiylar va boshqa millatlar”, dotsent Zokir Boynazarov –““Devonu lug‘otit-turk” dunyosidagi tadqiqi”, Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, PhD Emrah Yilmaz - “Mahtumquli Firoqiyning O‘zbekistondagi ilmiy merosi tadqiqi” mavzularida ma’ruza qildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar