9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kuni munosabati bilan Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida shu mavzuda tadbir bo‘lib o‘tdi. 

    Tadbirda SamDU dotsentlari Rustam Xoliqulov,  Toxir Mahmudovlar  mavzuga oid ma’ruzalari bilan qatnashdi. 

    Amir Temur hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, temuriylar davri davlatchiligi, boshqaruv tizimi, davlat tizimini mustahkamlash, fan, ta’lim, o‘zbek milliy davlatchiligi taraqqiyotida temuriylar davrining o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar