Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida buyuk turkman shoiri Maxtumquli Firog’iy tavalludining 300 yilligiga bag’ishlab adabiy kecha o’tkazildi.

    Anjumanda Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Rustam Yo’ldoshev, professor-o’qituvchi va talabalar ishtirok etdi.

    Tadbirni SamDU filologiya fakulteti dekani, professor Jo’liboy Eltazarov kirish so’zi bilan ochdi.

    Shuningdek, SamDU adabiyot nazariyasi va istiqlol davr adabiyoti kafedrasi professori Mahfuza Davronovaning “Maxtumquli she’riyatida avtobiografik xususiyatlar” hamda dotsent Sobirjon Tohirovning “Maxtumquli saboqlari” mazudagi ma’ruzalari tinglandi.

    Tadbir so’ngida Maxtumquli Firog’iy hayoti va ijodi haqida film namoyish etildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.