Samarqand davlat universitetiga Germaniya Federativ Respublikasi Xanns Zaydel jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha loyiha rahbari Max Georg Meier tashrif buyurdi. Martabali mehmonga jamg’armaning Mongoliyadagi vakolatxonasi rahbari Felix Glenk, jamg’armaning Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi rahbari Bernhard Seliger, jamg’armaning O’zbekistondagi vakolatxonasi ofis rahbari Javxar Dustovlar hamrohlik qildi.

    Delegatsiya a’zolari bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda ta’lim, inson resurslarini boshqarish, mintaqaviy muammolar bo’yicha so’z yuritildi. SamDU ning texnologik yo’nalishidagi mutaxassislarini  Germaniya ta’limi asosida malakasini oshirishga kelishildi.

    Shuningdek, davlat va mahalla boshqaruv sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha hamkorlik qilish tomonlar uchun manfaatli ekanligi alohida ta’kidlandi.

    Muloqot so’ngida Samarqand davlat universiteti va jamg’arma o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bunga ko’ra SamDU tadqiqotchilari jamg’arma tomonidan xorijda mahalla va davlat boshqaruv sohasida doktoranturada tahsil oladigan bo’ldi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.