Anjumanda Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Rahmonova, Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Sharofat Tuxliyeva, Guljahon Ahmedova, Nazmiya Muhiddinova, Maxbuba Ergasheva, Shohista Hamroqulova, Nodira Nurullayeva va bir qator talabalar maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Hakim Xushvaqtov kirish so‘zi bilan ochdi.

    Konferensiyada so‘zga chiqqanlar “Olima ayollar-millat kelajagining tarbiyachisi”, “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlarning o‘rni va ahamiyati”, “O‘zbekistonning lisoniy-adabiy va madaniy rivojida olima xotin qizlarning o‘rni”, “O‘zbekistonning tarixchi - olima ayollari”, “Zamonaviy ilm-fan rivojida dorivor o‘simliklarning o‘rni” mavzularida maʼruza qilishdi.

    Anjuman davomida ilm-fanda yuqori natijalarga erishgan va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol bo‘lgan xotin-qizlar universitetning esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

    Tadbir so‘ngida SamDU pedagogika taʼlimi fakulteti talabasi, “Nihol” mukofoti sohibi Diyora Jafarova tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchani xursand qildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.