Mahmud Lutfillayev – Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari kompyuter ilmlari va texnologyalari fanlari kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori.

    Mahmud Lutfillayev ilmiy rahbarligida 5 nomzodlik va 40 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Olim pedagogikaning ta’lim va tarbiya  sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 4 monografiya, 6 o’quv qo’llanma  60 dan ortiq multimediali elektron darslik va 40 dan ortiq virtual laboratoriyalar muallifidir.

    Shuningdek, bugunga qadar 350 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan. 40 dan ortiq maqolalari Scopus bazasi va OAK ro'yxatiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

    Mahmud Lutfillayev tashabbusi bilan Samarqand davlat universitetida “Multimedia markazi” tashkil etildi. Multimedia markazida 7 nafar ilmiy tadqiqotchilar pedagofika sohasida izlanishlar olib bormoqda.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.