Samarqand davlat universiteti Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar va bir qator akademiklar nomidagi universitet stipendiyalariga tanlov boshlanganligini e'lon qiladi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/65717d31dfef5-65717d31dfefa-65717d31dfefc-65717d31dfefd.jpg)
Nobel mukofoti laureati, AQSh ning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar nomidagi stipendiya;
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, “Buyuk xizmatlari uchun ordeni” sohibi Botirxon Valixo‘jaev nomidagi stipendiya.
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Vohid Abdullayev nomidagi stipendiya;
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Akbar Otaxo‘jayev nomidagi stipendiya.
Aziz Sanjar nomidagi universitet stipendiyasi uchun nomzodga qo'yiladigan talablar:
- O'quv jarayonida barcha fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichi a'lo (ko'pi bilan 25 foizi yaxshi darajada) bo’lishi;
- Ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy jurnallarda chop etilgan bo'lishi;
- Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanayotgan universitetning kimyo, biologiya yo'nalishlari 2-3-bosqich talabasi, 1-bosqich magistranti va 1-2-bosqich doktaranti bo’lishi lozim.
Akbar Otaxo'jayev, Vohid Abdullayev, Botirxon Valixo'jayev nomidagi universitet stipendiyalari uchun nomzodga qo'yiladigan talablar:
- O'quv jarayonida barcha fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichi a'lo (ko'pi bilan 25 foizi yaxshi darajada) bo`lishi;
- Ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy jurnallarda chop etilgan bo'lishi;
- Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanayotgan universitetning 2-3-bosqich talabasi bo’lishi lozim.
Akbar Otaxo`jayev nomidagi universitet stipendiyasiga – Muhandislik fizikasi instituti, matematika, intelekt tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetlari talabalari davogarlik qilishi mumkin.
Vohid Abdullayev hamda Botirxon Valixo`jayev nomidagi universitet stipendiyalariga - filologiya, psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar, tarix fakultetlari talabalari da'vogar bo'lishlari mumkin.
Nomzodlarning hujjatlari SamDU Ilmiy tadqiqotlar boshqarmasi, 209-xonada qabul qilinadi.
Hujjatlar qabul muddati: 07.12.2023 - 23.12.2023.
Murojaat uchun tel: +998 99 573 94 82 +998 94 186 28 86
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.