Bugun Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi dotsenti Sayfiddin Amriddinov 80 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan olimning yubileyi keng nishonlandi.

    Tadbirda Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, professor Ahmadjon Soliyev, universitet kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Shavkat Mahmatmurodov, SamDU Faxriylar kengashi raisi Suyun Karimov va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Anjumanni prorektor Ahmadjon Soliyev kirish so‘z bilan ochib, olimning 80 yillik yubileyi bilan tabrikladi hamda ilmiy va ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

    Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan olimlar so‘zga chiqib, u bilan bog‘liq bo‘lgan shirin xotiralar yodga olindi hamda o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.