Samarqand davlat universitetiga Qirg’iziston-Turkiya Manas universiteti rektori Alpaslan Jeylan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan SamDU qoshidagi Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori Rohila Ro’zmonova uchrashuv o’tkazdi.

    Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishish, professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvi bo’yicha kelishuvga erishish.

    Muzokaralar davomida yosh turkologlar uchun yozgi maktab tashkil qilish, hamkorlikda ilmiy loyihalar ishlash bo’yicha so’z yuritildi.

    Shuningdek, tomonlar ilmiy va badiiy adabiyotlar almashinuvi bo’yicha alohida to’xtaldi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.