Assalomu alaykum!
    Hurmatli Ahmadjon Soliyev !

    Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin.
    Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy va pedagogik  faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.
    Siz Samarqand davlat universitetida ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelmoqdasiz.  O‘tgan davr davomida yuzlab shogirdlar tayyorladingiz. Ilmiy tadqiqotlaringiz, monografiya va o‘quv qo‘llanmalaringiz, darsliklaringiz nashr etilib, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida foydalanib kelinmoqda.        Universitetimizning o‘quv-uslubiy, ilmiy salohiyatini oshirishda Sizning xizmatingiz katta. Siz Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari prorektori sifatida ham o‘ta muhim sohani namunali boshqarib kelmoqdasiz.
    Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin. 

    Rustam XOLMURODOV, 
    Samarqand davlat universiteti rektori,
    O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,  
    Oliy Majlis Senati a’zosi.