Bugungi kun emas, har bir lahza Sizniki bo‘lishini istayman.

    Vatan ham, uning tog‘lari, bog‘lari, tarixi va buguni ham Sizniki. Quyoshi, oyi, bahori, yozi Sizniki. 

    Faqat bir tilagim -  yaxshi o‘qinglar. Bilimli va bilimsiz insonning Vatanni sevishida yer bilan osmoncha farq bor.

    O‘zbekiston - bilimli va isteʼdodli bolalar mamlakati. O‘zbekiston - baxtli bolalar mamlakati.

    Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan ota-onalarga, bobo-buvilarga  istagim -  farzandlaringizga ko‘proq vaqt ajrating. Ularning salomatligi, taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborli bo‘ling. Olimlar oilasidan olimlar yetishib chiqsin.

    Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

 

Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi.