Aprel oyining ilk dam olish kuni  O‘zbekistonda geologlar bayrami nishonlanadi. Sana munosabati bilan Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan geologiya ta’lim yoʼnalishi 3-bosqich talabalari uchun  seminar-trening tashkil etildi.

    Mazkur trening uch bosqichda bo‘lib, talabalar dastlab “Samgeoltexservis” MCHJga qarashli bazada bo‘lib u yerda burg‘ilash stanogi konstruksiyasi va ishlashi undan olingan kern mahsulotlarni hujjatlashtirish hamda namuna olish jarayoni bilan tanishdi. Shundan so‘ng talabalar Markaziy geologiya va geofizik ekspeditsiyasida bo’lib, Karotaj stansiyasida quduqlarda geofizika tadqiqot usullarini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdilar. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari va korxona yetakchi xodimlari talabalarga “Zarafshon” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga qarashli namunalarga ishlov berish sexida namunalarni qayta ishlash jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi. Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

    Samarqand davlat universiteti
    Axborot xizmati.