Samarqand davlat universitetiga Germaniyaning CBZ Bildungszentrum markazi xodimlari Annika Kohler va Shahzoda Ergashevalar tashrif buyurdi. Bundan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish va seminar tashkil qilishdir.

    Xorijlik mehmonlar SamDU intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari, sport faoliyati va san’at hamda biologiya fakulteti talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi. Muloqot davomida Germaniya ta’lim tizimi, o’qish imkoniyatlari va qo’yiladigan talabalar bo’yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

    Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.