Tadbirda biologiya fakulteti dekani Xudoyor Keldiyorov va faxriy professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.

    Ma’ruzachilar o’zining bosib o’tgan yo’llari, hayot tajribasi haqida gapirib berdi. Shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida to’xtaldi.

    - 58 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqdaman, - deydi biologiya fakulteti dekani, professor Xudoyor Keldiyorov. - Samarqand davlat universiteti men uchun qadrli. Universitetning faoliyatini juda yaxshi bilaman. Sizlar eng yaxshi davrda tahsil olmoqdasiz. Avallari, siz hozir ta’lim olayotgan binolar, o’quv va ilmiy laboratoriyalar yo’q edi. Hamma sizga havas bilan qaraydi. Ta’lim tizimi butunlay isloh qilindi. Buning uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.