Bugun Samarqand davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi professori Sadri Sadiyev hamda boshlang’ich va texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Abduvoit Qurbonovning tug‘ilgan kuni.

    Professor Sadri Sadiyev 1937-yil Samarqand tumanida tug‘ilgan.  86 yoshni qarshi olgan olim 60 yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Boshlang‘ich va texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Abduvoit Qurbonov 1960-yil Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 63 yoshni qarshi olgan olim 40 yildan buyon bir qator maktab va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohiblarini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi