Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, professor Ahmadjon Soliyev O‘zbekiston-Tojikiston rektorlarining birinchi forumida ishtirok etdi. Tojikistonda o‘tkazilgan nufuzli anjumanda tomonlar o‘rtasidagi xalqaro va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilinib, bir qator shartnomalar imzolandi.

    Forum doirasida Ahmadjon Soliyev SamDU va Tojikiston davlat universitetining Iqtisodiyot va savdo instituti bilan milliy iqtisod sanoati bo‘yicha hamkorlikda ilmiy maqolalar, monografiyalar tayyorlash bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

    Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti bilan talabalarning akademik mobillik asosida almashinuvini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.