Samarqand davlat universitetida Fransiyaning Puate universiteti fransuz tili o‘qituvchisi Corinne Delbart tashrifi munosabati bilan seminar tashkil etildi.

    Seminarda Corinne Delbart SamDU roman-german tillari kafedrasi o‘qituvchilariga “Talabalarga qisqa vaqt mobaynida fransuz tilini samarali o‘rgatish metodlari” mavzusi bo‘yicha Puate universiteti tajribasi haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, fransiyalik mutaxassis Puate universiteti tomonidan xorijlik o‘qituvchi va talabalar uchun e’lon qilingan dasturlarda ishtirok etish bo‘yicha kerakli tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.