Bugun Samarqand davlat universiteti dotsentlari Najmiddin Hakimov, Fazliddin Salohitdinov, Rasul Mardiyevlarning tug‘ilgan kuni.

    Muhandislik fizikasi instituti  qattiq jismlar kafedrasi dotsenti Fazliddin Salohiddinov 1951-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti, keyinchalik Samarqand davlat universitetida 50 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Rasul Mardiyev 1958-yil Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanida tug‘ilgan. 42 yildan buyon Samarqand davlat universiteti matematika fakultetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi bugungi kun munosabati bilan tug'ilgan kun sohiblariga uzoq umr, sihat-salomatlik, mehnat va ilmiy faoliyatiga omad hamda ulkan zafarlar tilaydi.
 


Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi