Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi mudiri, dotsent Obid Qodirov va o‘qituvchi (PhD) Javlon Obloqulovlar Dehli va Agra universitetlari bilan  ilmiy aloqalarni o’rnatish uchun Hindistonda bo’lib turibdi.

    Shuningdek, olimlar Nyu Deli shahridagi Ghalib institutida o’tkazilgan “O‘zbekiston va Hindiston: Yangi madaniy aloqalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

    Nufuzli anjumandan so’ng, O‘zbekistonning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Axadov bilan uchrashib, tomonlarning madaniy aloqalari bo’yicha fikr almashdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.