Bugun Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o’qituvchisi Negmat Isoyevning tug’ilgan kuni.

    Negmat Isoyev 1959-yil Samarqand viloyati Toyloq tumanida tavallud topgan. 64 yoshni qarshi olgan murabbiy 40 yilga yaqin Samarqand davlat universiteti sport faoliyatiga o’zining beminnat xizmatlarini qo’shib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati universitet jamoasi Negmat Isoyevni samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti

Faxriylar kengashi