Samarqand davlat universitetiga Qozon federal universitetining prorektori hamda N.I. Lobachevskiy  nomidagi matematika va mexanika instituti direktori, professor Yekaterina Turilova tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad SamDU matematiklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yishdir.

    Qozon davlat federal universiteti bilan matematika va mexanika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy ishlar natijalarini chop etish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari ko’rildi.

 

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.