"Inson qadr-qimmati va teng, ajralmas huquqlarini tan olish - erkinlik, adolat va barqaror tinchlikning asosidir. BMT ning Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish va unga rioya qilishga ko‘maklashishni maqsad qilgan. Yer yuzi aholisining ko‘pchilik qismi inson huquqlari bo‘yicha yetarlicha tushunchaga ega emas. Bu borada bizning asosiy vazifamiz  dunyo aholisida huquqiy madaniyatni shakllantirish, inson huquqlarini o‘qitishni ta’limga joriy qilish hisoblanadi..."