Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Nosirov va SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lat Rajabovlarning Italiyadagi amaliy safari davom etmoqda...

    Italiya oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari misolida fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlari o‘rganilmoqda. Ayni shu maqsadda Italiyaning meva-uchumchilikka ixtisoslashgan yirik agroklasterlaridan biri sanalgan “Agrintesa” kompaniyasiga tashrif uyushtirildi. Mazkur kompaniya olma, kivi, o‘rik, uzum, yong‘oq, zaytun, xurmo kabi mevali bog‘larga ega bo‘lib, “daladan bozorgacha” tamoyili asosida faoliyat olib boradi.  Kompaniyada ilmga asoslangan ishlab chiqarish tizimi to‘liq joriy qilingan va oliy ta’lim muassasalari olimlari va mutaxassislari bilan doimiy tarzda hamkorlik olib boriladi.     

    Mazkur kompaniya mutaxassislarining SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutiga tashrif buyurishi va meva-uzumchilik sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarini rivojlantirishga amaliy tajribasi bilan ko‘maklashishi kelishildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.