Sizni bugungi tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.

    Bugun Siz O‘zbekiston  yoshlarining nimalarga qodir ekanligini amalda ko‘rsatdingiz. Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tardingiz. Sizning g‘alabangiz butun o‘zbek xalqining g‘alabasidir.

    Chempionlik shohsupasida, oltin medalni,  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan olishingiz barchamizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi.

    El-yurtimizning ishonchini oqlab, mustaqil O‘zbekiston sporti tarixida yorqin sahifa ochgan olamshumul zafar sohibi bo‘lgan Siz kabi jasur va vatanparvar yoshlarimiz safi tobora kengayishiga ishonaman.

    2021 yil 28 iyul sanasi jahon sport tarixiga, Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi Davlat Bobonovning «Tokio-2020» Olimpiadasining bronza medalini qo‘lga kiritgani, oltin harflar bilan muhrlangan bo‘lsa, bugungi g‘alabangiz, Jahon chempioni martabasiga erishganligingiz yana bir bor tarix zarvaraqlaridan o‘rin oldi.

    Sizning bu olamshumul g‘alabangiz – Samarqand davlat universiteti jamoasini quvontirdi.

    Men Samarqand davlat universiteti nomidan Sizni samimiy qutlayman.  Otangiz - Husniddin Bobonovga, onangiz Nuriya Bobonovaga o‘zimning cheksiz minnatdorligimni bildiraman. Sizga ta’lim-tarbiya bergan ustozlaringizga rahmat…

         Rustam XOLMURODOV,

         Samarqand davlat universiteti rektori, Senator,

         O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi.