Talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabalarining makroiqtisodiyot fani doirasida bajargan mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Talabalarning mustaqil ta’lim bo‘yicha faoliyatini baholashda ularning topshiriqlarni qanchalik to‘liq, to‘g‘ri va sifatli bajarganligi, yangi bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, ijodiy yondashilganligi hisobga olinadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.