Baxt nihoyatda katta tushuncha, har bir inson o‘zining muammosini, uning yechimini topish yoki darkor narsaga erishishni baxt deb bilishiga haqqi bor. Baxtli odamlar nafaqat o‘zlari uchun, balki boshqalar uchun yaxshilik qilishadi. Ular birovning xolisona hojatini chiqarsa, og‘irini yengil qilsa o‘zlarini baxtli his qiladilar. Bog‘chaga boradigan bola bir kun uyida qolsa, bog‘chaga bormasa katta baxt. Ularga butun dunyoning boyligi va qudrati kerak emas, mana shu jihat ularni baxtsiz odamlardan ajratib turadi.

    Siz ham ulardek bo‘lishingizga yordam beruvchi 3 omil:

    1. Baxtli odam g‘azablanmaydi.

    Ular kechiradi va unutadi. Chunki ular xafagarchilikni yashirish g‘azab va og‘riqni ushlab turishni anglatishini bilishadi. Bunday odamlar bu narsalarni his qilishni xohlamaydi. Ular baxtli bo‘lishni xohlaydi.

    2. Ular shukr qiladi.

    Ular doimo o‘zlariga minnatdor bo‘lgan hamma narsani eslatib turadi. Minnatdorchilik ularning hayotining muhim qismidir, shuning uchun ular stressni yengishga, baxtli va qoniqarli bo‘lishga qodir.

    3. Hammaga hurmat bilan muomala qiladi.

    Odamlar o‘zlarini baxtli his qilsa va hayotga ijobiy nuqtai nazar bilan qarasa, ular boshqalarga yaxshiroq munosabatda bo‘ladi va ular bilan mustahkam munosabatlar o‘rnatadi. Ular baxtni tarqatadi va bu atrofdagilarga yuqadi.

    Lekin turfa toifadagi odamlar borki, ular ham o‘zini baxtli sanaydi, ulardan yaratgan egamning o‘zi asrasin. Bular:

    Birovning dilini vayron qilsa, qalbini yaralasa orom olguvchilar;

    Birovning muvaffaqiyatsizligini ko‘rsa quvonguvchilar;

    Elning boshiga ish tushgan vaqtda o‘z manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yuvchilar;

    Birovning oilasida notinchlik bo‘lsa ko‘ngli yorishuvchilar;

    Birovning oilasi buzilsa “do‘ppisini osmonga otguvchilar”;

    Faqir, yordamga muhtoj insonlarning ustidan kuluvchilar;

    Senga omad boqqanini ko‘rsa, eshitsa ko‘ngli xufton bo‘lg‘uvchilar;

    Elning buyuk qadriyatlarini yo‘qqa chiqarib zamonga to‘nkab qo‘yuvchilar;

    O‘zinig nopok ishlari bilan, yuzsizligi bilan dilozorligi bilan boshqalarni qalbiga hadik solguvchilar;

    Manmanlikni o‘zining asosiy quroli qilib olganlar;

    Bu kabilarni aytaversak juda ko‘p, yaxshisi shunday nuqsonlar haqida kam gapirsak, zora kamaysa....

 

Muxtasam Sulaymonov
Samarqand davlat universiteti
Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti o‘qituvchisi