SamDU tarix fakultetida 28-fevral kuni “Talaba-yoshlarning ongiga qaratilgan axborot xurujlarining oldini olish, ularda internet va boshqa axborot resurslaridan o‘rinli foydalanish madaniyatini shakllantirish” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi T. Rahmatullayev talabalarga internetdan foydalanishning ba’zi umumiy qoidalari, odobi haqida so‘zlab berdi.
Tadbirda yoshlarni yot g‘oya va illatlardan asrash, ularni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash, ogohlik va hushyorlikni oshirish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradigan saytlarga kirishini nazorat qilishga erishish, internet madaniyatini shakllantirish borasida fikr almashildi.

Tarix fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari: I.M.Qurbonboyev