Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning 60420100 – Yurisprudensiya (masofaviy, kechki), 60410100-Iqtisodiyot (masofaviy) ta’lim yo’nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!!!
Test sinovlari 2026-yil 25-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyatidagi binosida soat 09:00 da boshlanadi.
Shu munosabat bilan talabgorlar 2026-yil 25-avgust kuni test sinovlari boshlanishidan kamida bir soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Pastdarg‘om tumani Kamolot mahallasi Yerteshar GES ko‘chasi, 5A-uy manzilida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyatidagi binosiga yetib borishlari so‘raladi.
Bino lokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q
Talabgorga eslatma!
2026-yil 25-avgust kuni soat 07:30 ga qadar test topshirish hududiga yetib kelib, nazorat posti orqali talabgor ruxsatnomasi va pasportingiz (ID-karta) bilan hududga kirishingiz zarur. Shaxsi tasdiqlanmagan va kechikib kelgan talabgorlar test sinoviga qo‘yilmaydi.
Javoblar varaqasini buklash, belgilanmagan joylarga yozish taqiqlanadi.
Test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan zarurat yuzasidan chiqqan talabgorga qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, quloqchin, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan talabgorlar test sinovidan chetlatiladi.
Shuningdek, test materiallarini boshqa talabgorga uzatish, yordam berish, bir-biri bilan gaplashish, test materiallariga zarar yetkazish, ularni hududdan tashqariga olib chiqish, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortish talabgorning test sinovlaridan chetlatilishiga asos bo‘ladi.

