Bahorgi semestr o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlariaro talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi — transfer.edu.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2026-yil 10-yanvardan 20-yanvargacha (shu kuni ham) onlayn tarzda qabul qilinadi (ro‘yxatdan o‘tkaziladi).

    Universitet komissiyasi 2025/2026-o‘quv yili bahorgi semestr o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan arizalarni o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqadi.

    Maxsus ishchi guruh 2025/2026-o‘quv yili bahorgi semestri boshlanishidan oldin talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash masalalari yuzasidan fuqarolarni qiziqtirgan savollarga tezkor javob beradi.

    Ko‘rib chiqiladigan arizalar 2026-yil 10-fevralga qadar tahlil qilinib, yakuniy qaror qabul qilinadi va natijasi bo‘yicha ariza muallifi maxsus elektron platforma orqali xabardor qilinadi.

    Universitet ishchi guruhiga (66) 239-17-40 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.