Janubiy Koreyada o‘qish uchun stipendiya dasturi (2026-o‘quv yili)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Janubiy Koreyaning Dongduk ayollar universiteti (Dongduk Women’s University) maxsus grant dasturlari bo‘yicha hujjatlar qabulini e’lon qildi:
Ta’lim yo‘nalishlari:
• Bakalavriat: “Silk Road Korean Studies” (Ipak yo‘li koreyashunosligi).
• Magistratura: “K-Silk Road Turkic Studies” (K-Ipak yo‘li turkiy tadqiqotlari).
Tanlovda universitetning ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari va talabalari ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar taqdim etilgan hujjatlar tahlili asosida tanlab olinadi.
Bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan stipendiya sovrindorlariga har semestr uchun o‘qish to‘lovidan 50% chegirma va boshqa imtiyozlar beriladi (batafsil ma’lumot ilovalarda).
Hujjat topshirish tartibi:
1. Muddat: 2026-yil 12-yanvarga qadar.
2. Topshirish usuli: www.uwayapply.com (https://www.uwayapply.com/) portali orqali onlayn tarzda.
Hujjatlarga qo‘yiladigan talablar:
Barcha hujjatlar ingliz yoki koreys tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi shart.
Stipendiya dasturi bo‘yicha barcha savollar bilan intl@dongduk.ac.kr elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

