Berlin Vakillar Palatasi Ta’lim Jamg‘armasi Granti

Berlin Vakillar Palatasi Ta’lim Jamg‘armasi Ikkinchi Jahon urushi davridagi sobiq ittifoqchi mamlakatlardan kelgan aspirantlar va doktorantlarga, shuningdek, Berlin universitetida o‘qishni yoki Berlin ilmiy muassasalaridan foydalanishni istagan tadqiqotchilarga stipendiyalar taklif etadi.
Biz barcha ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalar va olimlarni ariza topshirishga samimiy taklif qilamiz!
Jamg‘arma 2026/27 o‘quv yili uchun 15 ta grant ajratadi. Grant miqdori: aspirantlar va doktorantlar uchun oyiga 1 100 yevro, postdoktorantlar uchun esa 1 630 yevro.
- Ariza topshirishning oxirgi muddati – 2025-yil 15-dekabr.
- Dastur muddati – 2026-yil 1-oktabrdan 2027-yil 31-iyulgacha.
Qo‘shimcha ma’lumot: parlament-berlin.de