Samarqand davlat universiteti va Rossiyaning nufuzli Tomsk davlat universiteti tomonidan taqdim etilayotgan “Ma’lumotlar ilmi: Biznes uchun ma’lumotlar tahlili” qo‘shma magistrlik dasturi uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Bakalavriatni tamomlaganlar 20-avgustga qadar ariza topshirishlari mumkin.

Bu dastur nafaqat fundamental nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni egallash imkonini ham beradi. Darslar nafaqat universitet professorlari, balki quyidagi kompaniyalarning yetakchi mutaxassislari tomonidan olib boriladi:
 Wildberries&Russ
 Avito
Citymobil
 Playrix
 Yandex
 Gazpromneft
 Eggheads

Nima uchun ushbu dastur siz uchun?

 Dastur uchta zamonaviy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:

Mahsulot tahlili
Marketing tahlili
BI (Business Intelligence) tahlili

 Talabalar nazariy bilim bilan bir qatorda, real biznes muammolarini hal etishga jalb qilinadi.
 Dastur yakunida SamDU va TDU diplomlariga ega bo‘lasiz, bu esa sizga xalqaro darajadagi martaba eshiklarini ochadi.
 TDU O‘zbekiston tomonidan tasdiqlangan 300 ta eng nufuzli universitetlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bois, Samarqandlik bitiruvchilar magistraturani tugatganidan so‘ng har oy eng kam ish haqining 40 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ta’lim qanday olib boriladi?

 Darslar 18-sentyabrda boshlanadi.
 1-semestr SamDUda oflayn tarzda o‘qitiladi.
 Qolgan 3 semestr esa onlayn formatda o‘tkaziladi.
 Magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot loyihasi yoki real biznes muammosi asosida yoziladi va himoya qilinadi.

Qanday hujjat topshirish mumkin?
Qo‘shma magistrlik dasturiga arizalar rasmiy veb-sayt orqali onlayn tarzda qabul qilinadi. https://ai.tsu.ru/samgu?utm_source=tg&utm_medium=promo&utm_campaign=samgu 

 Muddat: 2025-yil 20-avgustgacha
 O‘z kelajagingizni bugundan boshlang!