2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

  • Uzurli sabablarga ko‘ra (https://lex.uz/uz/docs/-6070845) respublika hududidagi bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa davlat oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida ko‘chirish – transfer.edu.uz;

  • Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish – my.uzbmb.uz orqali amalga oshiriladi.

    Arizalar 2025-yil 5-avgust (shu kuni ham)gacha qabul qilinadi.

    O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash masalalari bo‘yicha fuqarolarni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish uchun telefon: (66) 239-11-75.