XALQARO TANLOV E’LON QILINDI

YUNESKO tashkiloti 2025-yil uchun Barqaror rivojlanish ta’limi sohasida Okayama mukofotini e’lon qildi. Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini qamrab olgan kamida ikki yildan buyon amalga oshayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish, jamiyat rivojlanishi, iqlim o‘zgarishi, an’anaviy madaniy meros, madaniy xilma-xillik va inklyuziya kabi sohalardagi ilg‘or tajribalar bo‘yicha loyihalar tanlovga taqdim etilishi mumkin.
Mukofot ikki kishiga har bir loyiha uchun 3000 (uch ming) AQSH dollari miqdorida beriladi.
Tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot quyidagi havolada mavjud: https://www.city.okayama.jp/kurashi/0000070653.html.