Mazkur tanlov shoir va yozuvchilar hayoti, ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

    Tanlovga qatnashmoqchi bo‘lgan talabgorlar Nizom bilan tanishgan holda kerakli barcha hujjatlari(Nizomning 3-bobi 13-bandida ko‘rsatilgan me’yoriy hujjatlar) bilan 19-aprel kuni, soat 09:30 da  Ma’naviy va ma’rifiy ishlar boshqarmasiga (sobiq Chet tillar instituti binosi 315-xona) kelishi so‘raladi.

    Ma’lumot uchun, tanlovning respublika g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin uchun - O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan «Spark» yengil avtotransport vositasi, maxsus diplom va statuetka;

2-o‘rin uchun - 30 million so‘m pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;

3-o‘rin uchun -15 million so‘m pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka.

    Tanlov nizomi bilan tarnishing (pdf)