Turkiyadagi ushbu stajirovka bakalavriat bosqichining oxirgi yilida o'qiyotgan talabalar yoki yangi bitiruvchilar uchun taklif etiladi. Ushbu to'liq moliyalashtirilgan stajirovka yosh va ishtiyoqli talabalarga marketing va moliyadan tortib ta'lim va sog'liqni saqlashgacha bo'lgan turli kompaniya va tashkilotlarda amaliy tajriba orttirishga yordam beradi.

    2023-yil 20-avgustdan - 2023-yil 27-avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Ariza topshirish muddati 2023-yil 16-iyungacha.

    Sohalar:

  • Huquqshunoslik;
  • Iqtisod;
  • Shahar/mintaqaviy rejalashtirish;
  • Statistika;
  • Siyosatshunoslik;
  • Ma'muriy fanlar;
  • Menejment;
  • Sotsiologiya;
  • Xalqaro munosabatlar;
  • Boshqa tegishli sohalar.

    Ishtirok etish uchun talablar:

  • 18 yoshdan katta bo’lishi;
  • bakalavriat bosqichining oxirgi yilida o’qiyotgan bo’lishi yoki so’nggi yillardagi bitiruvchi bo’lishi;
  • ingliz tilini yaxshi bilishi;

Quyidagi xarajatlar qoplanadi:

  • Turkiyadan aviachipta;
  • bepul turar joy;
  • shahar sayohatlari uchun yo'l haqi;

Stajirovkada o’taganligi haqida sertifikat beriladi.

    Turkiyadagi ushbu amaliyot haqida batafsil ma’lumot quyidagi havolada keltirilgan: https://www.opportunitiescircle.com/localinternational-internship-in-turkey/

    Ariza to’ldirish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling: https://www.tbb.gov.tr/En/ContentUrl_localinternational-internship-program_283