Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Women in STEM” stipendiya dasturiga 2023-yil uchun hujjatlar qabuli boshlanganligini e’lon qiladi.
    Mazkur stipendiya dasturi Buyuk Britaniya OTMlarida ayollarni “STEM” (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) fanlariga o‘qitish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.
    Ushbu stipendiya dasturiga talabgorlar Britaniya Kengashi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq tanlov asosida saralanadi.
    Joriy yil uchun O‘zbekistonga uchta grant o‘rni ajratilgan bo‘lib, ta’lim uchta Britaniya OTMlarida (University of Portsmouth, University of Cranfield, University of Saint Andrews) joriy yilning oktabr oyidan boshlanishi belgilangan. Dasturga hujjatlar 2023-yilning 30-mart sanasiga qadar qabul qilinadi.
Ushbu stipendiya dasturi va unga hujjat topshirish to‘g‘risida veb-sahifasidan batafsil ma’lumot olish mumkin.