2022-yilning 16 dekabr sanasida Sharqiy Yevropa ofisi direktori Tobias  Stydemann Berlin erkin universitetida magistratura va aspirantura o’qishga kirish bo’yicha seminar o’tkazadi. Taqdimot rus tilida olib boriladi

    Tadbirda talabalar, tadqiqotchi va professor-o’qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

    Seminarda quyidagilar haqida ma'lumot beriladi:

    Germaniya universitetining magistraturasida o‘qishni davom ettirish imkoniyatlari;

    magistraturaga o‘qishga kirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar;

    aspiranturada o'qish imkoniyati va abituriyentlarga qo'yiladigan talablar;

    olimlar uchun mavjud bo'lgan ilmiy grantlar;

    abituriyent va uning oila a'zolarining Berlin erkin universitetida o'qish muddatini moliyalashtirish imkoniyatlari.

    Seminar filologiya fakulteti, 39-xonasida, soat 15:00 da boshlanadi.