Hindistonning Bombay Texnologiya Instituti (IITB) dekabr oyida IT va tabiiy va ijtimoiy fanlar "Qishki maktab-2022" tanlovini e'lon qiladi!

    Kurs ma'ruzalari professor-o'qituvchilar tomonidan onlayn va bepul platforma orqali, kichik va interaktiv guruhlarda ingliz tilida jonli ravishda olib boriladi. Shuningdek kursni tugatganlarga xalqaro sertifikat beriladi va  u quyidagi kurslarni o'z ichiga oladi:

1.CCUS va vodorodning fan va texnologiyasi: uglerodni boshqarish va barqaror energiyasi;

2.Biologik tizimlar: biologik reglamentlarni tushunishning miqdoriy usullari;

3. Qurilish materiallarining chidamliligi va barqarorligi;

4. Ta'lim kontekstida sun'iy intellekt, etika va siyosatni tushunish: fanlararo istiqbollari.

    "Qishki maktab 2022" uchun ro‘yxatdan o‘tish https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfvKONWanIE2Ym1BFFUOmmguVYRnvypNJqTwp1M8EKQl44AZQ/viewform havolasi orqali 2022-yil 25-noyabrgacha davom etadi.

    Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Dr. Pratibha Yadavning  <pratibha.ydv@iitb.ac.in> manziliga murojaat qilishingiz mumkin.