Erasmus+ Yevropa Ittifoqining Boloniya jarayonining Milliy ekspertlar guruhiga nomzodlar uchun tanlov o‘tkazmoqda.

    Ekspert unvoniga da’vogarlar quyidagi toifalarga javob berishi kerak:

1. Ingliz tilini yuqori darajada bilish;

2. Xalqaro tajribaga ega bo’lishi;

3. ECTS kredit-modul tizimini yaxshi bilish.

    Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar 2022-yil 18-noyabrgacha neo@erasmusplus.uz shuningdek, parallel ravishda xab@edu.uz  elektron manzillariga quyidagi hujjatlarni yuborishlari kerak:

1. Evropass formatida ingliz tilida rezyume (CV);

2. Ingliz tilidagi motivatsiya xati (1 sahifadan oshmasligi kerak)

    Tanlovda ekspertlikka da’vogarlarni oliy ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarida faol ishtirok etganligi, ushbu sohada dolzarb vazifalardan xabardor bo‘lishi, gender va yosh balansi, ekspertning mutaxassisligi inobatga olinadi.