Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti 16.09.2022 dan 18.09.2022 gacha bo'lib o'tadigan “Talabalar ilmiy jamiyati” xalqaro yoshlar forumida ishtirok etish uchun tanlov o'tkazmoqda.

    Tadbirdan ko‘zlangan maqsad ta’lim va fan vazirligi grantini amalga oshirish doirasida oliy o‘quv yurtlarining ilmiy, innovatsion, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi faol yoshlar vakillarining uchrashuvi uchun muloqot maydonini tashkil etgan holda talabalar ilmiy jamiyatlarini rivojlantirishdir.

    Forumda 18 yoshdan oshgan talabalar va magistrantlar ishtirok etishlari mumkin. Forum 2 xil shaklda an’anaviy va masofaviy (onlayn) shaklda o'tkaziladi. Ishtirok etishni xohlovchilar 5-sentabrgacha  quyidagi https://forms.yandex.ru/u/630378b7c61c186898fb4537/ havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

    Forumda ishtirok etish mutlaqo bepul. "Nezhegol" dam olish majmuasida turar joy va kuniga uch marta ovqatlanish xarajatlari mezbonlar tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

    Batafsil: https://bsuedu.ru/bsu/info/structure/detail.php?ID=216653

    Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish uchun: NIRS@bsu.edu.ru, (4722) 30-13-00 * 21-10, (4722) 30-10-34

    Forumga oid barcha savollarga https://t.me/ForumSNO dan javob olishingiz mumkin.