Eron Islom Respublikasi Agrar tadqiqotlar, ta’lim va rivojlanish tashkiloti bilan hamkorlikda 20 nafargacha yosh olimlarni biotexnologiyalar, tuproqshunoslik, agrotexnologiyalar, sho‘rga chidamli o‘simliklarni yetishtirish, bog‘dorchilik hamda vaksina yo‘nalishlarida ilmiy stajirovkalarini tashkil etish uchun qisqa muddatli (6 oygacha) ilmiy stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joriy yilning 15-iyul va 31-iyul sanalariga qadar taqdim etish so‘ralgan edi.

    Xozirgi kunda, tavsiya etilgan nomzodlar soni yetarli darajada bo‘lamaganligini inobatga olgan holda stajirovkalarga yuborish yuzasidan tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’umotlarni qabul qilish muddatini 2022 yilning 22 avgust sanasiga qadar o‘zaytirilganligini ma’lum qilamiz (Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida quyidagi havolada joylashtirilgan: https://mininnovation.uz/oz/news/post-731)

    Bunda, mazkur tanlov bo‘yicha boshqa talab va shartlarga o‘zgartirishlar kiritilmaydi.

    Qo'shimcha ma’lumotlar olish uchun: Ilmiy stajirovkalarni va laboratoriya asbob-uskunalari xaridini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i S. Taxirov,

tel.: (90) 989 24 05, elektron manzil: s.takhirov@minninovation.uz hamda yetakchi mutaxassisi S.Sultanov, tel.:(94)420-68-70,

elektron manzil:s.sultanov@mininnovation.uz